Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan uch kunlik seminar-trening o‘z yakuniga yetdi. Seminar-treningta Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazir o‘rinbosari M.Shlimbetova va Pedagogik mahorat markaz direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi B.Iztileuov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga trening davomida olgan amaliy ko‘nikmalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llash orqali ish jarayonini samarali tashkil etish, pedagogik faoliyat sifatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Trening mashg‘ulotlarini UNICEFning erta rivojlanish va maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha mutaxassislari hamda xalqaro ekspert Kristian Fabbi olib bordi. Seminar-trening davomida ishtirokchilar maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, bolalarning erta rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. 







