Click to listen highlighted text!

«AQLVOY» AVTOBUSI KEGEYLI TUMANIDA

31.10.2025 09:34:13 86 Баспаға шығарыў

Maxsus avtobus Kegeyli tumaniga olis «Ichan qal’a» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «To‘reniyazov Zamir Pishenbaevich» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borib, bu yerdagi pedagoglarga o‘zlari yashaydigan va ishlaydigan joylaridan uzoqlashmagan holda uzluksiz kasbiy rivojlanishi, bilimlarini yangilashi uchun imkoniyat yaratildi. Mobil malaka oshirish kursida metodik mahorat kuni dasturi asosida mavzular belgilangan, Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchilari Gauxar Eshmuratova va Gulzada Matjanova tomonidan olib borilib, «Bolalarning erta yoshdan tasviriy faoliyati» mavzusida o‘tkazildi. Ishtirokchilarga Irina Lykova texnologiyasi va tasviriy faoliyatda qo‘llaniladigan turli ijodiy usullar haqida amaliy tushunchalar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!