O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan mobil malaka oshirish xizmatlari tizimi doirasida ajratilgan maxsus avtobus Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazinda o‘z faoliyatini samarali olib bormoqda.
Bugun ushbu mobil malaka oshirish avtobusi Chimboy tumani Qizilo‘zak OFY hududidagi “Baxtiyarova Shaxnoza Bahodir qizi” nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.
Tadbirning maqsadi — pedagoglarga o‘z yashash joylaridan uzoqlashmagan holda uzluksiz kasbiy rivojlanish va malakasini oshirish imkoniyatini yaratishdir.
Mazkur tashabbus doirasida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi X. Eshimbetova tomonidan “Ilk yoshdan bolalar tasviriy faoliyati” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Dars davomida ishtirokchilarga Irina Likova texnologiyasi asosida metodik tushunchalar berilib, ularning amaliy qo‘llanishi yuzasidan tajriba almashildi.









