Click to listen highlighted text!

Ustozlikning buyuk yo‘li: Professor Marat Allanazarovich Utepbergenov – 60 yoshda

20.11.2025 15:35:11 69 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Qoraqalpog‘istonga xizmat ko‘rsatgan «Yoshlar ustozi,» psixologiya fanlari doktori, professor Marat Allanazarovich Utepbergenovning 60 yoshga to‘lishiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i Tatlimurat Atamuratov, Nukus shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zulfiya Dauletnazarova, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, markaz tinglovchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Miras Uteniyazov so‘zga chiqib, yubiley egasini tabrikladi va markaz jamoasi nomidan tayyorlangan sovg‘alarni topshirdi.

Yig‘ilishda professorning ilmiy faoliyati, psixologiya faniga qo‘shgan hissasi va yoshlarga ustozlik yo‘lida erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Professor M.Utepbergenov 2019-yilda «Qoraqalpoq oilalarining ijtimoiy-etnopsixologik xususiyatlari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, Qoraqalpog‘istonda psixologiya sohasida birinchi fan doktori unvoniga sazovor bo‘lgan. O‘shandan buyon xorijiy va respublika ilmiy nashrlarida 30 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!