Click to listen highlighted text!

Energetika – Turmushning yuragi mavzusida tadbir o‘tkazildi

11.12.2025 12:04:53 25 Баспаға шығарыў

2025-yil 11-dekabr kuni Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining Fizika fani tinglovchilari tomonidan 22-dekabr – Energetiklar kuni munosabati bilan «Energetika – Turmushning yuragi» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Energetika sohasi mamlakatning iqtisodiy salohiyati, infratuzilma barqarorligi va aholi turmush sifati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan strategik yo‘nalishlardan biridir. Bugungi kunda energetika tizimining barqaror rivojlanishi samarali energiya manbalaridan foydalanish, qayta tiklanadigan energiya resurslarini keng joriy etish, energiya xavfsizligi va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi ustuvor vazifalarni o‘z ichiga oladi. Tadbirni kafedra mudiri Q.Turmanov ochib berib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi va energetika tizimining mamlakat taraqqiyoti, iqtisodiyot barqarorligi va kundalik hayotidagi strategik o‘rnini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng kafedra katta o‘qituvchisi B.Arzimbetova tomonidan «Energetika sohasining hayotimizdagi ahamiyati» mavzusida ma’ruza tinglandi. Unda energetika infratuzilmasini rivojlantirish, energiya manbalarining sanoat va ijtimoiy hayotdagi o‘rni, shuningdek, ekologik xavfsiz va barqaror energiya tizimlariga o‘tish muhimligi ta’kidlandi. Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan mavzu bo‘yicha taqdimotlar, interaktiv savol-javoblar tashkil etilib, energetika yo‘nalishiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!