Click to listen highlighted text!

O‘qituvchilar uchun amaliy-metodik tajriba almashinuvi tashkil etildi

15.12.2025 09:52:34 2 Баспаға шығарыў

Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan metodik amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Beruniy tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida 15-, 20-, 23-, 34-, 39-, 40-, 53- va 54-sonli maktab o‘qituvchilari uchun “Darslarga tayyorgarlik ko‘rish va uni loyihalash” mavzusida “Metodik impuls” seminar-treningi o‘tkazildi.

Tadbir energayzer bilan boshlangan bo‘lib, “Wordwall” platformasi orqali o‘qituvchilarning diqqatini jamlash va faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar “Wheel of Names” platformasi orqali kichik guruhlarga bo‘lindi.

Seminar davomida o‘qituvchilarga “Nima uchun darsga oldindan tayyorgarlik ko‘rish va to‘g‘ri loyihalashtirish muhim?” mavzusida topshiriq berilib, ular “Klaster diagramma” usulida o‘z fikrlarini guruhlar kesimida shakllantirib taqdim etdilar. Keyingi bosqichda fan yo‘nalishlari bo‘yicha “Ideal darsni yarating!” topshirig‘i bajarildi. Har bir guruh o‘z dars modeli bilan tanishtirib, dars loyihalari tahlil qilindi.

Seminar yakunida ishtirokchi o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!