Pedagogik mahorat markazining ingliz tili fani metodisti Z. Bagdiyarova tomonidan Beruniy tumanidagi 29-, 35- va 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili fani yetakchi o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslar tahlil qilindi.
Tahlil davomida metodist tomonidan darsning tashkiliy jihatlari, qo‘llanilgan zamonaviy metodlar, o‘quvchilarning faolligi hamda mavzuni o‘zlashtirish darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Metodist Z. Bagdiyarova dars jarayonida interaktiv yondashuvlardan samarali foydalanilgani, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar puxta ishlab chiqilgani va o‘quvchilar faol qatnashganini e’tirof etdi.
Shuningdek, ayrim topshiriqlarda vaqt taqsimotini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ochiq dars davomida o‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli va samarali ta’lim jarayonini tashkil etdi.








