Pedagogik mahorat markazida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga markaz direktori vazifasini bajaruvchi B. Iztileuov raislik qildi. Kengashda 2025 yil yakunlari bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari va bo‘lim xodimlarining ish faoliyati, mehnat samaradorligi hamda reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish davomida yil davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Har bir kafedra va bo‘limning 2025 yilgi hisobotlari tinglanib, malaka oshirish tizimini takomillashtirish, tinglovchilar bilan mashg‘ulotlarni innovatsion metodlar asosida tashkil etish, raqamli va multimedia ta’lim resurslaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kelgusi o‘quv yili uchun strategik yo‘nalishlar belgilandi. Kengash kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.





