Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Markazning Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Qaypnazarov ochib berdi. U ishtirokchilarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, tinglovchilarga kurslarning maqsad va vazifalari, o‘quv jarayoni, zamonaviy ta’lim metodlari hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbirda Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M. Uteniyazov so‘zga chiqib, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashning ahamiyati hamda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Tadbir davomida tinglovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kurs jarayoni bo‘yicha savollarga batafsil javoblar berildi.









