Click to listen highlighted text!

PIRLS tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish bo‘yicha trening boshlandi

07.01.2026 11:17:41 29 Баспаға шығарыў

A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat institutida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan trening tashkil etildi.

Mazkur treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori v.v.b. B. Iztileuov, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari N. Artıqbaeva va N. Allashova faol ishtirok etmoqda.

Treningning asosiy maqsadi — PIRLS tadqiqoti natijalari asosida ishlab chiqilgan amaliy yondashuvlar orqali o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar PIRLS 2026 jarayoni doirasida 4-sinf o‘quvchilari bilan samarali amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha zarur metodik tavsiyalar bilan tanishmoqdalar.

Ma’lumot o‘rnida, trening joriy yilning 8-yanvar sanasiga qadar davom etadi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!