Click to listen highlighted text!

Tajriba va innovatsiya uyg‘unligi — ta’lim sifatini oshirish yo‘lida

12.01.2026 16:38:19 21 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 17-martdagi 89-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida “O‘qituvchilarning oldingi ish tajribasi hamda xizmat davomida qo‘llab kelinayotgan zamonaviy metodikalarni joriy etish tizimini takomillashtirish” mavzusida Qoʻng‘irot tumani 41-sonli umumta’lim maktabida seminar-trening tashkil etildi.

 Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi metodistlari ishtirok etib, tabiiy fanlar, aniq fanlar, amaliy va filologiya fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.

 Tadbir davomida: zamonaviy o‘qitish usullari, o‘qituvchining kasbiy rivojlanishi, dars samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

 Seminar pedagoglar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib, kelgusida ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!