Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi Genjegu’l Ubbiniyazova tomonidan «Kutubxonalar – xalqimizning ma’naviy kamolotini oshirishda xizmat qilayotgan milliy madaniyatimizning bir qismi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – kutubxona faoliyatini keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim tizimida kutubxonalarning o‘rni va ahamiyatiga e’tibor qaratishdan iborat. Ushbu tadbir davomida ishtirokchilarga badiiy va ilmiy kitoblar asosida qiziqarli savol-javoblar, «Disguised» uslubidagi topishmoqlar,mazayka kitoblar, illyustratsiyali maqol-matallarga oid ijodiy topshiriqlar berildi. 





