Click to listen highlighted text!

Kimyo fanini sinfdan va darsdan tashqari tashkil etish

23.02.2026 18:18:21 11 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Esnazarov tomonidan kimyo fani tinglovchilari uchun “Kimyo fanini sinfdan va darsdan tashqari tashkil etish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars davomida darsdan tashqari ishlarning ahamiyati, ularni zamonaviy usullarda tashkil etish hamda o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshirish yo‘llari yoritildi. Amaliy mashg‘ulotlar kimyo to‘garaklari, fan haftaliklari, viktorinalar, ekskursiyalar hamda kimyo tarixi va mashhur olimlarga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish yo‘nalishlarida olib borildi. Interfaol shaklda o‘tgan darsda tinglovchilar guruhlarda ishlashdi, tajriba almashishdi va amaliy topshiriqlarni bajarishdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!