Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘istonlik pedagoglar Fransiyada

24.02.2026 12:11:48 11 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘istonlik pedagoglar uchun tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturi innovatsion va kreativ yondashuvi bilan ajralib turadi. Bu pedagoglarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bevosita ta’lim jarayoniga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini beradi. Shuningdek, dastur doirasida Aix-en-Provence instituti bilan hamkorlikda seminar-treninglar, mahorat darslari va tajriba almashuv uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi vakillari — direktor o‘rinbosari Baymurat Iztileuov va kafedra mudiri Rauaj Bauetdinov ham faol ishtirok etib, hududiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimotlar o‘tkazmoqdalar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!