Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan Nukus shahridagi 6-, 32- va 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining amalga oshirilishi jarayoni bo‘yicha press-tur tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–231-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. Xususan, 2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida joriy etilayotgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda ularning ta’lim sifatiga ta’siri ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil tanishtirildi. Unda respublikamizda faoliyat yuritayotgan markaziy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etmoqta.






