Press-tur doirasida ishtirokchilar Nukus shahridagi 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan kasbiy rivojlanish tadbirlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida maktabda filologiya fanlari yo‘nalishida tashkil etilgan “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari namoyish etildi. Shuningdek, 9-sinfda ingliz tili fanidan ochiq dars hamda 8-sinfda biologiya fanidan amaliy mashg‘ulot jarayonlari kuzatildi. Ochiq dars va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar qo‘llanildi. Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillariga o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini muntazam oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.











