Click to listen highlighted text!

Ziyoli ayol – jamiyat tayanchi

08.03.2026 12:29:26 1 Баспаға шығарыў

  2026-yil 7-mart kuni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Ziyoli ayol – jamiyat rivojlanishining tayanchi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ella Suletbaeva mehmon sifatida ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi — ayol-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, ularning oila va jamiyat tarbiyasidagi muhim rolini keng targ‘ib qilishdan iborat. Uchrashuv davomida Ella Suletbaeva ayolning jamiyatdagi o‘rni, uning oila va tarbiya jarayonidagi mas’uliyati haqida fikr bildirib, psixologiya nuqtayi nazaridan ayollarning ma’naviy kuchi, ruhiy barqarorligi hamda yosh avlod tarbiyasidagi muhim roli haqida ma’lumotlar berdi. Erkin muloqot va savol-javoblar asosida o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda ayol-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!