Click to listen highlighted text!

#Master_klass Besh barmog‘im hunarli!

27.03.2026 15:31:07 12 Баспаға шығарыў

 

2026-yil 25-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Texnologiya kursi tinglovchilari uchun “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti N.Yu. Ibragimova boshchiligida master-klass tashkil etildi.

Mazkur master-klass Xo‘jayli tumani 8-sonli umumta’lim maktabining oliy toifali o‘qituvchisi Bekchanova Rano tomonidan “Momiq simlardan gullar yasash texnologiyasi” mavzusida olib borildi.

Mashg‘ulot davomida tinglovchilar momiq simlardan amaliy topshiriqlarni bajarish orqali turli xil gullar yasash texnologiyasini o‘rgandilar. Shuningdek, ustozning ilg‘or tajribasi yuzasidan fikr almashildi.

Amaliy topshiriqlar o‘quvchilarning qo‘l va miya motorikasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, dars jarayonida STEAM yondashuvi hamda 5E modeli asosida tashkil etilishi, shuningdek, o‘quvchilarda 4K kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!