🌐Joriy yilning 7–9-aprel kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahridagi Lütfi Kırdar International Convention and Exhibition Center majmuasida xalqaro miqyosdagi yirik ta’lim sammiti — EURIE_2026 bo‘lib o‘tmoqda.
▶️Mazkur nufuzli anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Kojabaeva Gulistan Talasbaevna ishtirok etmoqda.
✨EURIE 2026 sammiti ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma hisoblanadi. Unda dunyoning turli davlatlaridan yetakchi universitetlar, ta’lim muassasalari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, global ta’lim tizimidagi dolzarb masalalarni muhokama qilmoqda, tajriba almashmoqda va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilamoqda.
✔️Sammit doirasida markaz rahbari Turkiya Milliy ta’lim vaziri Yusuf Tekin bilan uchrashuv o‘tkazib, ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi. Mazkur uchrashuv o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.




