Click to listen highlighted text!

“Kimyo olamiga sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

21.04.2026 17:48:23 5 Баспаға шығарыў

ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI kafedrasi tomonidan “Kimyo olamiga sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan turli badiiy va ilmiy chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, elementlar haqida she’r o‘qildi, milliy raqs ijro etildi hamda “Elementlar o‘yini” orqali kimyoviy elementlarning xususiyatlari sahnaviy talqinda yoritib berildi.

Shuningdek, “Kimyo va tabiat” nomli sahna ko‘rinishi orqali inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ekologik muammolar va ularning yechimlari badiiy ifoda etildi. Tadbir davomida Xorazmcha raqs ijrosi tinglovchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida tinglovchi tomonidan “Tug‘ilgan yer” nomli qo‘shiq ijro etilib, kechaga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!