Click to listen highlighted text!

“Metodik zakovat” – bilim va tajriba maydoni

05.05.2026 16:21:44 25 Баспаға шығарыў

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan tinglovchilar o‘rtasida “Metodik zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Intellektual bellashuvda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tinglovchilaridan iborat quyidagi jamoalar faol ishtirok etdi: Ziyrak  tarbiyachilar, Yosh tarbiyachilar, Tarbiya ildizlari, Zukko tarbiyachilar. O‘yinning asosiy maqsadi tinglovchilar o‘rtasida tajriba almashish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. O‘yin yakunlariga ko‘ra, yuqori saviyada tashkil etilgan bellashuv natijasida “ Ziyrak tarbiyachilar” jamoasi eng yuqori natijalarni qayd etib, g‘olib deb topildi. Shuningdek, g‘olib va faol ishtirok etgan jamoalar markazning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!