Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat maktablarda iqlim ta’limini joriy etishga qaratilgan seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi.

25.05.2026 09:56:04 21 Баспаға шығарыў

Uch kun davom etgan trening jarayonida ishtirokchilar iqlim o‘zgarishiga oid ilmiy bilimlar, ushbu mavzuni fanlarga integratsiya qilish yo‘llari hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishdilar. Mashg‘ulotlarda yangilangan o‘quv resurslari, jumladan “Iqlim qutichasi” dan samarali foydalanish, o‘quvchilarni real hayotiy muammolarga yechim topishga loyihaga asoslangan ta’lim (PBL) va dizayn fikrlash kabi innovatsion yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur dastur doirasida tayyorlangan master-trenerlar keyinchalik o‘z hududlarida biologiya, geografiya, fizika, kimyo va matematika fanlari o‘qituvchilari uchun treninglar tashkil etib, iqlim ta’limini keng joriy etishga hissa qo‘shadilar.

Back To Top
Click to listen highlighted text!