Click to listen highlighted text!

#o‘quv_seminar  Nukus tumanida kutubxonachilar uchun respublika o‘quv-seminari tashkil etildi

15.06.2026 10:25:17 15 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–9-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 5-martdagi 89-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus tumanida respublika miqyosidagi kutubxonachilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur seminar Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari G. Ubbiniyazova hamda Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi H. Shamshetovalar tomonidan olib borildi. Tadbirda maktab kutubxonalarining faoliyatini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda zamonaviy kutubxona xizmatlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi: maktab va ta’lim muassasalarida “Kitob o‘qish soatlari”ni tasdiqlangan reja asosida samarali tashkil etish; barcha foydalanuvchilar, jumladan, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi o‘quvchilar uchun kitobxonlikka teng imkoniyatlar yaratish; o‘quvchilar va pedagoglar o‘rtasida “Eng faol kitobxon” tanlovlarini muntazam o‘tkazish; elektron kutubxona xizmatlarini rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish metodikasini takomillashtirish; sinflar va bo‘limlarda mobil kutubxonalar, ko‘chma kitob ko‘rgazmalari hamda zamonaviy “Kitob burchaklari”ni tashkil etish. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish hamda kutubxona faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

Back To Top
Click to listen highlighted text!