A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida hududiy Pedagogik mahorat markazlari professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari hamda mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda respublikaning barcha hududlaridagi Pedagogik mahorat markazlari vakillari ishtirok etib, o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirmoqda. Ular safida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari ham faol qatnashmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy o‘quv reja asosida tashkil etilib, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion ta’lim metodlari asosida olib borilmoqda.










