Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining navbatdagi Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengashni pedagogika markazi direktori G.Kojabaeva ochdi va olib bordi. Yig‘ilishda direktor o‘rinbosarlari, markaz kafedra va bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Yig‘ilishda o‘tgan olti oy davomida markaz kafedra va bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi. Yutuqlar bilan birga hamkorlik qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi. Shundan: – «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va 2026 yil «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni takomillashtirish yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, tadbirlarning muntazam ravishda o‘tkazib borilishini ta’minlash; -yillik rejada belgilab olingan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishini ta’minlash; – kafedralarda ilmiy-tadqiqot va metodik ishlar yo‘nalishi bo‘yicha qilingan ishlarda professor-o‘qituvchilarning faoliyatini yanada takomillashtirib borish; – professor-o‘qituvchilar, fan metodistlarining nufuzli xalqaro bazalarda (SCOPUS, Web of science) va Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar, konferensiyalarda maqola tezislari chop etib borish; Shuningdek, yig‘ilish davomida ayrim kamchiliklar qayd etildi va ular yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. 













