Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini yuqori saviyada, mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida 12 fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-o‘qituvchilikka nomzodlar bilan onlayn suhbatlar o‘tkazildi. Onlayn suhbatlar davomida nomzodlarning kasbiy kompetensiyasi, metodik tayyorgarligi, pedagogik mahorati, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari hamda kasbiy rivojlanish tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha bilim va yondashuvlari o‘rganildi. ✨Suhbat jarayoni maxsus ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida olib borilib, nomzodlarning fan yo‘nalishi bo‘yicha bilimlari, pedagogik-metodik salohiyati hamda mentorlik faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.





