Axborot xati_QR_PMM_16.10.2026 (2) QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI “SIFATLI TA’LIM: SUN’IY INTELLEKT VA O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining 16-oktyabr 2026-yil AXBOROT XATI 2026-yil 16-oktyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Sifatli ta’lim: sun’iy intellekt va o‘qitishning zamonaviy usullari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Anjuman manzili: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, E.Alakoz ko‘chasi, 54-uy. Anjuman maqsadi: Anjumanning asosiy maqsadi – sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim menejmentini takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda inklyuziv ta’lim muhitida yosh psixologiyasi va pedagogik muloqot madaniyatini ilmiyamaliy asosda muhokama qilishdan iborat. Shuningdek, konferensiya doirasida: • sun’iy intellekt, raqamli ta’lim va media hamda axborot savodxonligi bo‘yicha ilg‘or ilmiy tadqiqot natijalari va innovatsion tajribalarni almashish; • ta’lim jarayonida zamonaviy o‘qitish metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini muhokama qilish; • ta’lim menejmenti, muassasa boshqaruvi, sifat menejmenti tizimlari va pedagoglarning kasbiy mahorati hamda malakasini oshirishning zamonaviy yondashuvlarini ommalashtirish; • inklyuziv ta’limni rivojlantirish, yosh psixologiyasi, pedagogik muloqot madaniyati va ta’limda ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashning dolzarb masalalarini ilmiy asosda tahlil etish; • yosh olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchi pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ta’lim sohasida innovatsion loyihalarni rivojlantirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. MAQOLALAR QABUL QILISH MUDDATI: 2026-yil 6-oktyabrgacha Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada quyidagi yoʻnalishlarda muhokamalar oʻtkaziladi va maqolalar (tezislar) qabul qilinadi: 1-shoʻba Ta’limda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanishning zamonaviy imkoniyatlari 2-shoʻba Til va adabiyot fanlarini o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va innovatsion metodlari 3-shoʻba Boshlang‘ich ta’limda pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirishda xalqaro tajribalarni joriy etish 4-shoʻba Inklyuziv ta’limni rivojlantirishning psixologik va pedagogik muammolari hamda ularning yechimlari 5-shoʻba Aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari Anjumanda ishtirok etish uchun 2026-yil 6-oktyabrga qadar konferensiya yo‘nalishi ko‘rsatilgan maqolani “Elektron pochta”ga: pedagogikaliqoray1@gmail.com yoki “Telegram” ilovasi orqali: @joldasbay92 (+998 (91) 302-92-39) profil-akkauntiga yuborishingiz mumkin. Har bir maqola uchun mahalliy ishtirokchilar uchun nashr narxi – 150 ming so‘m. To‘lovlar 5614682091922528 (DALIBAEV JOLDASBAY) karta raqamiga amalga oshiriladi. Xorijlik muallif va hammualliflar maqolalari bepul nashr qilinadi. To‘lov qilingandan so‘ng chekni yuborishingizni so‘raymiz Konferensiyaga yetakchi olimlar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xodimlari, umumiy ta’lim pedagoglari, kasb-hunar ta’limi pedagoglari, doktorantlar va magistrantlar taklif etiladi Har bir muallifga elektron shakldagi sertifikat va konferensiya materiallari to‘plami taqdim etiladi Aloqa uchun telefon: +(998) 93-775-63-63 (Dilmanov Islam) KONFERENSIYA MATERIALLARINING INDEKSLANISHI: Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola va tezis Yevropaning OpenAIRE xalqaro bazasi va Google Scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi. KONFERENSIYA MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR: – maqola matnining “Times New Roman” shrifti, 14 oʻlcham, kirill yoki lotin alifbosida; – fayl formati – .doc yoki .docx; – qatorlar orasidagi masofa sahifaning chap tomonida 3 sm, yuqorida va pastda 2 sm, oʻng tomondan 1,5 sm qoldirib, 1,5 oraliq boʻlishi kerak; – maqolaning umumiy hajmi 3 betdan kam va 6 betdan oshmasligi kerak; – maqolalar qoraqalpoq, oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin; Rasmiylashtirishga qо‘yiladigan talablari: – muallif(lar)ning F.I.Sh. ; – ilmiy darajasi, lavozimi va ish joyi; -shahar, mamlakat; – maqolaning nomi (katta harflar bilan) – markazda; – Annotatsiya (uch tilda) qoraqalpoq yoki o‘zbek, rus va ingliz tillarida 200 dan 300 belgigacha; – Kalit so‘zlar (5-8 so‘z); – Rasm (agar bo’lsa): har qanday grafik ma’lumot (xarita, rasm, sxema, diagramma) o‘rtada qalin arab raqamlari va “rasm” so‘zi bilan belgilanadi. (1- rasm); -Jadvallar (agar bo’lsa): o‘rtada qalin arab raqamlari va “jadval” so‘zi bilan belgilanadi (1-jadval); – Maqola fayli birinchi muallifning F.I.Sh. bilan nomlanadi; – Bitta maqola mualliflarining soni uchtadan oshmasligi kerak. Eslatma! Maqola tahrirlangan, imlo va stilistik xatolardan xoli bo‘lishi kerak. Maqola mazmuni konferensiya maqsadi va uning yoʻnalishlariga muvofiq, tahlil va dalillarga asoslangan holda yozilishi kerak. Maqolalar matni tahrirlanmaydi va original deb hisoblanadi. Maqolada keltirilgan maʻlumotlarning toʻgʻriligi uchun muallif shaxsan javobgardir. Taqdim etilgan maqolalar yuqoridagi talablarga toʻliq mos ravishda tayyorlangan boʻlishi kerak. Maqola rasmiylashtirilish namunasi: A.R.Abdullaev Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, Nukus, O‘zbekiston ZAMONAVIY O‘QITISH METODLARI ASOSIDA RAQAMLI TA’LIM MUHITINI TAKOMILLASHTIRISH VA ILMIY IZLANISHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH Аннотация. Статья посвящена … Ключевые слова: язык, речь, лингвистика, заимствование, русский язык, английский язык, узбекский язык. Annotation. The article is dedicated … Key words: language, speech, linguistics, borrowing, Russian language, English language, Uzbek language. Annotatsiya. Maqola … bag‘ìshlangan. Kalit so‘zlar: til, nutq, lingvistika, o‘zlashma, rus tili, ingliz tili, o‘zbek till. Annotatsiya. Maqala … arnalǵan. Gilt sózlar: til, sóylew, lingvistika, ózlestiriw, rus tili, inglis tili, ózbek tili. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Добродомов И. Г., Пильщиков И. А. Лексика и фразеология «Евгения Онегина»: герменевтические очерки. – М.: «Языки славянских культур», 2008. – 316 с. 2. Рождественский Ю.В. Принципы современной риторики. – М.: Флинта: Наука, 2003. – 176 с. 3. Сибирцева В.Г. Языковая картина мира в русской загадке: Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Нижний Новгород, 2003. – 25 с. 4. Xudayqulov A.E. Rus va o‘zbek rasmiy hujjatlarida inglizcha o‘zlashmalar(o‘tmish va hozirgi zamon holati): Filol. fan. b. fals. d-ri (PhD) diss. avtoref. –Toshkent, 2020. – 54 b.
Uqsas jańalıqlar
2026-2027-o’quv yilida KRK va KRS tadbirlarini tashkil etishda tayyorlangan master-trenerlarga sertifikatlar topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan majlis OAVda yoritildi




