Uch kun davom etgan treningda 320 nafar master-trenerlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, SEL, UDL, sun’iy intellektdan etik foydalanish hamda PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo’ldilar. Xalqaro va milliy trenerlar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ilg‘or metodik yondashuvlar amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Endilikda ular o‘z hududlarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etib, mentor-o‘qituvchilarga metodik ko‘mak beruvchi master-trenerlar sifatida faoliyat olib boradi. 











