Har bir bola – öz oldiga bir dunyo. Uning qiziqişlari, qobiliyati va rivojlaniş xususiyatlarini anglaş esa tarbiyaçidan mahorat va töğri pedagogik yondaşuvni talab etadi. ⚡2026-yil 10-noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Fanlarni rivojlantiriş bölimi tomonidan maktabgaça ta’lim taşkilotlari tarbiyaçilari, kurs tinglovçilari uçun «Maktabgaça ta’lim taşkilotlarida bolalarni kuzatişning pedagogik-metodologik asoslari» mavzusida mahorat darsi taşkil etildi. Mahorat darsini Nukus şahridagi 9-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotining oliy toifali tarbiyaçisi, 70 foizlik va Vazirlar jamğarmasi ustunlari egasi Z.Tayrova olib bordi. Dars davomida maktabgaça yoşdagi bolalarning individual xususiyatlari, qiziqişlari, qobiliyati va rivojlaniş darajasini kuzatiş, kuzatiş natijalarini tahlil qiliş va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanişning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.





