Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga urgatish milliy markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media-tur tashkil etildi. Media-turni tadbir matbuot xizmati rahbari Z.Jaksimuratova olib bordi.
Media-tur davomida ishtirokchilar bilan uchrashib, tadbirning o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha bo‘lim faoliyati bilan tanishtirildi. Dars jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘qituvchilarga dars jadvaliga oid “Kasbiy charchoq”ning oldini olish nazariyalari va usullari mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Shundan so‘ng ma’ruzachilar tomonidan STEAM laboratoriyasi, metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi, mediastudiya, axborot kutubxonasi faoliyati va kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari keng tanishtirildi.
Muloqotda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirish hamda malaka oshirishning uzluksiz tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida“, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi qarori bilan “Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini takomillashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizomda ta’kidlanganidek, maktab oqituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirish, ularning kasb mahorati va kasbiy saviyasini izchil yuksaltirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, zamon talablari asosida qayta tayyorlash va xodimlarning pedagogik mahoratini muntazam oshirib borish tizimi belgilangan darajada uzluksiz kasbiy rivojlanishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari bilan ta’lim sohasida hayotga tatbiq etilayotgan “Umrbod ta’lim” tamoyiliga muvofiq uzluksiz malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Belgilangan yangi tartibga ko‘ra, maktab ta’limi xodimlari har yili malaka oshirish kurslaridan, lavozimli xodimlar direktor o‘rinbosarlari 30 soatlik, pedagog xodimlar esa 36 soatlik uzluksiz malaka oshirish kurslaridan o‘tadilar. Kurslar 6 ish kuniga taqsimlangan. Pedagogik markazda malaka oshirish rejasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan jami 36 ming 498 nafar xodim, chundan 32 ming 917 nafar maktab o‘qituvchisi, 3 ming 581 nafar rahbar o‘qituvchilar kurslar nizomiga muvofiq o‘z malakalarini oshirishi belgilangan. 2024-yilda pedagogik markazda 27462 nafar pedagog xodimlarning an’anaviy usulda malaka oshirishi rejalashtirilgan bo‘lsa, chundan 3-tabaqada 13511 nafar pedagog, 4-tabaqada 13951 nafar pedagog mos dastur asosida malakasini oshirish rejalashtirilgan. 1 va 2-tabaqa 9036 nafar o‘qituvchi maxsus ta’lim dasturlari bo‘yicha platformadan foydalangan holda onlayn tarzda o‘qitilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda pedagogik markazda asosiy shtatda 44 nafar professor-o‘qituvchi ishlamoqda, – deydi rahbar B.Dilanov. –Asosiy shtatda ishlovchilar ilmiy xodimlar orasida 1 nafar fan doktori, 14 nafar fan nomzodi va dotsentlar faoliyat yuritib, o‘rtacha ilmiy salohiyat 34,9 foizni tashkil etadi. Bugungi kunda 11 nafar professor-o‘qituvchilar mustaqil izlanuvchi yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Ulardan 3 nafar professor-o‘qituvchilar doktorlik (DSc), 8 nafar professor-o‘qituvchilar doktorlik (PhD) dissertatsiyalari ustida ishlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ 290-sonli qarorida belgilangan vazifalarning bajarilishini taminlashda, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida ta’lim jarayonini metodik jihotdan yuqori choqqiga chiqarish maqsatida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 385-sonli buyrug‘i asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlardagi pedagoglarni yangi metodikalarga urgatish milliy markazlarda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashkil etilgan. Ommaviy axborot vositalari vakillari mazkur bo‘lim faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Metodik xizmat bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari tanlab olinib, bugungi kunda bu yerda 1 nafar bo‘lim mudiri va 23 nafar fan metodistlari jami 24 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.
Pedagogik markazning axborot-resurs kutubxona fondida 15838 dona o‘quv materiali mavjud. Ulardan 15 ming 483 nusxa adabiy asarlar, 500 dan ortiq elektron kitoblar, 335 ta uslubiy qo‘llanmalar hisobga olingan.
Pedagogik markazning professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qog‘oz va elektron ko‘rinishda axborot-resurs bo‘limiga taqdim etilgan. Tinglovchilar o‘z bilimlarini oshirish uchun ushbu materiallardan foydalanmoqda. Shuningdek, barcha fan va sinflar bo‘yicha maktab darsliklarining elektron versiyalari axborot-resurs kompyuterlariga joylashtirilgan.




