#seminar_trening #1_kun Dastlab ushbu seminarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda A.Avloniy nomidagi mahorat instituti bo‘lim metodisti Ó.Qaxarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabaeva, vazirning birinchi o‘rinbosari A.Dauletbaev, vazirlik bo‘lim boshlig‘i A.Tlewniyazova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori B.Dilanov, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, Maktab direktorlari, jami 169 nafar pedagog kadrlar ishtirok etdi.
Bunda asosiy maqsad umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, maktab direktorlari tomonidan boshqaruv tizimini yaxshilash hamda xalqaro tajribalar asosida tabiiy fanlar (Science) va matematika fani bo‘yicha o‘quvchilar bilimini sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi orqali baholashni amalga oshirishdir.