Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi majlislar zalida 21 – oktyabr «O’zbek tili bayrami» kuni munosabati bilan Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi O’zbek tili va adabiyoti hamda O’zbek (davlat) tili kursi tinglovchilari tomonidan bayram tadbiri tashkil qilindi.
O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi.
Tadbirni Pedagogik mahorat markazi Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri S.Matekeev ochib berdi va adabiy – badiiy kecha ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.
O’zbek tilining davlat tili sifatida rivojlanishiga oid ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzlarda til – xalqning tarixini, urf – odat va qadriyatlarini aks ettirgan bebaho xazinaligi, chunki, har bir xalq o’zligini anglashda jamiyat rivoji va insonlar o’rtasida aloqa – aralashuvni ta’minlashda muhim ahamiyatga egaligi, Shuning uchun ham xalq orasida » Til – millatning ma’naviy boyligi», » Til yashasa, millat yashar», «Tilga e’tibor – elga e’tibor» degan purma’no tushunchalar haligacha o’z ahamiyatini yo’qotmaganligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida kurs tinglovchilari tomonidan tayyorlangan badiiy va musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlar e’tiboriga taqdim etildi.