Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaning oldini olish, jamiyatda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi Ajiniyaz Nurabullaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Nukus shahri yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Tumur Utemuratov, markaz professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi. […]




