Click to listen highlighted text!

«Yilning eng ijodkor o‘qituvchisi» tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

03.03.2025 10:51:33 79 Баспаға шығарыў

Taxiatosh tumanidagi 7-maktab direktorining tashabbusi bilan maktab miqyosida «Yilning eng ijodkor o‘qituvchisi» tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovga maktabning yosh o‘qituvchilari qamrab olindi. Tanlovning maqsadi: yosh pedagoglarning dars o‘tish mahoratini oshirish va qiziqarli tashkil etish orqali o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirokini ta’minlash, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, KRK va KRS tadbirlarida o‘zlashtirilgan metodikalarni dars jarayonida qo‘llash va o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tkazilgan tanlovda Pedagogik mahorat markazining tabiiy fan metodistlari (koordinatorlari) ishtirok etdi va tuman miqyosida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!