8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni
Bugun, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Ayollar baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda barcha tinglovchilar faol ishtirok etib, bir-biriga ezgu tilaklar bildirdi.
Tadbir davomida bayram tilaklari aytilib, jonli qo‘shiqlar ijro etildi va qiziqarli viktorina o‘yinlari tashkil etildi.
Bunday tadbirning o‘tkazilishi bayram arafasida tinglovchilarga zavq bag‘ishladi.