Click to listen highlighted text!

XXI asr maktab direktori: strategik yetakchilik va innovatsion yondashuv!

28.04.2025 16:29:15 67 Баспаға шығарыў

❗️Shu yilning 25-30-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tashabbusi bilan «XXI asr maktab direktori: strategik yetakchilik va innovatsion yondashuv» mavzusida seminar-trening tashkil etilmoqda.

🔴Bugun 25-aprel kuni ushbu seminarning dastlabki kungi ishlari boshlandi.

📌Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabaeva, Pedagogik mahorat markazi direktori V.Bekmuratovalar so‘zga chiqib, direktorlarning kasbiy rivojlanish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, monitoring qilish, xalqaro sertifikatlarga tayyorlanish imkoniyatlarini yaratish va o‘qituvchilarda XXI asr kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha salohiyatini oshirish bugungi kunning talabi ekanligini aytib o‘tdi.

📚 Trening 4 modul asosida olib boriladi:

✔️ 1-modul: Normativ-huquqiy asoslar va tashkiliy qism Direktorlar «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati»ning huquqiy asoslari, kasbiy rivojlanish koordinatorining vazifalari va monitoring shakllari bilan tanishadi.

✔️2-modul: XXI asr o‘qituvchilari va liderlari Zamonaviy liderlik kompetensiyalari, o‘zgarishlarga moslashish, guruhning ichki motivatsiyasini oshirish bo‘yicha strategiyalar tahlil qilinadi.

✔️3-modul: O‘qituvchilar qanday kasbiy rivojlanadi? O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish yo‘llari, monitoring qilish usullari va amaliyotni maktabda qo‘llashga oid usullar ko‘rib chiqiladi.

✔️ 4-modul: «Global ustoz – global maktab» Xalqaro sertifikatlar (Google Educator, Microsoft Certified Educator, Cambridge TKT va b.) haqida ma’lumot berilib, ularni maktab amaliyotiga joriy etish yo‘llari ko‘rsatiladi.

✨Bu seminar-treningga Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 727 maktab direktori qamrab olinadi va ularning kasbiy rivojlanishiga, shuningdek, maktablarda innovatsion muhitning yaratilishiga hissa qo‘shadi.

☄️Seminar-trening ishlari davom etmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!