Click to listen highlighted text!

“Sun’iy intellekt ta’limda samarali dars uchun aqlli yechimlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

31.10.2025 09:39:21 80 Баспаға шығарыў

#EDUTALK_WEEKLY

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va zamonaviy ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida “Sun’iy intellekt ta’limda samarali dars uchun aqlli yechimlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarni “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova olib bordi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga sun’iy intellektning ta’lim sohasidagi qo‘llanilishi, dars samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi aqlli yechimlar va innovatsion metodlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, seminar qatnashchilari Napkin AI, ChatGPT, Canva AI, Waygraoud va Pixverse AI dasturlari bilan amaliy ishlash jarayonida o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!