Click to listen highlighted text!

Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv yondashuvlar: ochiq dars tashkil etildi

24.11.2025 10:27:06 21 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tumaris Aymuhammedova tomonidan «Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’lim yondashuvlari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq dars davomida alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, maxsus metod va vositalardan foydalanish, shuningdek, maxsus pedagoglar bilan hamkorlikda kompleks yondashuvni shakllantirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Inklyuziv ta’limning mazmuni, maqsadi va boshlang‘ich ta’limda qo‘llaniladigan asosiy metodlar keng yoritildi.
Dars jarayonida quyidagi interfaol metod va usullardan foydalanildi:
«Rezyume,»
«To‘rtburchak,»
«Toshiq va imkoniyat,»
«Boshqa usulda chizing,»
shuningdek, mavzuga oid videomateriallar taqdim etildi.

Mazkur mashg‘ulotda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ochiq dars professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar tomonidan yuqori baholandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!