Click to listen highlighted text!

#Ochiq_muloqot Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan seminar-treninglar bo‘yicha ochiq muloqot

21.01.2026 17:36:21 6 Баспаға шығарыў

Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladigan seminar-trening va mahorat darslarining mazmuni hamda samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqot davomida markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan seminar-treninglarning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotlarining amaliy yo‘nalishi, shuningdek, mashg‘ulotlarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Dars jarayonlarida interfaol usullar hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda ishtirokchilar seminar-treninglar sifatini yanada oshirish, ularni amaliyot bilan uzviy bog‘lash hamda pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.  

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!