#ochiq_muloqot
Bugun Pedagogik mahorat markazi direktori vazifasini bajaruvchi Baymurat Iztileuov, akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Amirxan Qaypnazarov va akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Miras Uteniyazov tinglovchilar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi.
Tadbirda uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tinglovchilarga markazning ichki tartib-qoidalari eslatib o‘tildi.
Shuningdek, tinglovchilar o‘quv jarayonidagi faolligi, darslarga bo‘lgan qiziqishi va o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi va har qanday noqonuniy holatlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.











