Click to listen highlighted text!

Erta nikohning oldini olish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi

11.03.2026 15:48:14 9 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida yoshlar o‘rtasida erta nikohning oldini olishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi.

Tadbirni Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlarning kelajagi, ularning ma’naviy va jismoniy barkamolligi, shuningdek, hayotga mas’uliyat bilan yondashishning muhimligi haqida so‘z yuritdi.

Seminar davomida xalqaro trener Gulxan Utepbergenova tomonidan nikoh yoshi, oilaviy mas’uliyat, yoshlarning shaxsiy rivojlanishi hamda ta’lim olishning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan mavzu doirasida fikr almashilib, muhim tavsiyalar taqdim etildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!