Click to listen highlighted text!

Ulusning ulug‘ kuni – «Amal» bayrami nishonlandi

13.03.2026 16:30:17 14 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan qardosh qozoq xalqining milliy bayramlaridan biri bo‘lgan «Amal» bayrami va Ko‘rish kuni munosabati bilan «KÓRISIW – TINISHLIQ HÁM RUWXIY JAŃALANÍWDÍŃ BASLANÍWÍ» nomli adabiy-kompozitsion bayram kechasi tashkil etildi.

Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva so‘zga chiqib, Amal bayrami – Navro‘zning jarchisi, yangilanish va uyg‘onish timsoli ekanini ta’kidlab, barchani ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, u mazkur bayramning millatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Amal bayrami yoki Ko‘rishuv – qarindosh-urug‘lar totuvligi va xalqlar hamjihatligining yorqin ifodasidir. Bu an’ana qarindoshlar o‘rtasidagi mehr-oqibatni mustahkamlab, insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Ushbu kunda odamlar bir-biriga ezgu tilaklar bildirib, olqishlar aytadi, — deydi kafedra o‘qituvchisi Guliston Qanoatova.

Tadbir doirasida qozoq xalqining avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan hunarmandchilik namunalari, milliy taomlari va milliy kiyimlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, iqtidorli yoshlarning ijrosida qo‘shiqlar, milliy raqslar, oqinlar aytishuvi hamda turli sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, adabiy-kompozitsion bayram kechasi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!