🌳Yurtimizda bahorning ilk kunlari obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yanada fayzli ruhda davom etmoqda. Joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari ana shunday ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasidir.
🌿“El farovonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
🌱Hashar jarayonida markaz hududi va unga tutash maydonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, professor-o‘qituvchilar hamda barcha xodimlar atrof-muhitni yanada pokiza va ko‘rkam qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
🌳Ta’kidlash joizki, umumxalq xayriya hashari yurtimizda farovonlikni ta’minlashga qaratilgan ezgu an’analardan biri bo‘lib, bunday tashabbuslarda faol ishtirok etish har bir jamoaning ijtimoiy mas’uliyatini yana bir bor namoyon etadi.













