Click to listen highlighted text!

Bo'lim: Ahamiyatli yangiliklar

Texnologiya darslarini 5E modeli asosida tashkil etish usullari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar va markaz metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari uchun «Texnologiya darslarini 5 E modeli asosida tashkil etish usullari» mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Ochiq darsni «Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi» kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent Nilufar Ibragimova olib bordi. Ochiq dars davomida texnologiya kursi tinglovchilariga 5E modeli, […]

“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagog-kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda Markaz direktorining Akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari Amirxon Qaypnazarov hamda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari ishtirok etdi. Muloqot davomida 2025–2026 o‘quv yilida, oktyabr oyidan […]

“Tarbiya fanini o‘qitishda affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida metodik seminar o‘tkazildi

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasining katta o‘qituvchisi Nurjamal Tleumuratova tomonidan Tarbiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kursi tinglovchilari uchun “Tarbiya fanini o‘qitishda affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida metodik seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi — Tarbiya fanida affektiv ko‘nikmalarning mazmuni va ularning bosqichlarini yoritish, shuningdek, o‘quvchilarda empatiya, qadriyatlarni qabul qilish va munosabat bildirish kabi affektiv […]

“Bayrog‘imiz — faxrimiz” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi tomonidan 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrog‘imiz — faxrimiz” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — tinglovchilar va pedagoglar orasida davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni oshirish, milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini chuqur anglatish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va […]

#Open_Lesson Boshlang‘ich ta’lim tinglovchilari uchun interfaol metodlardan foydalanilgan amaliy ochiq dars o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti Perdaxon Saliyeva tomonidan boshlang‘ich ta’lim (qoraqalpoq tilida olib boriladigan) 3-guruh tinglovchilari uchun “O‘zlashtirishi qiyin o‘quvchilarni badiiy asarni tahlil qilishga o‘rgatishda interfaol usullardan foydalanish” mavzusida amaliy ochiq dars tashkil etildi. Darsning maqsadi — tinglovchilarning o‘qish savodxonligi va ona tili darslarida XXI asr ko‘nikmalarini […]

Ona tili va adabiyot darslarida ‘Material-rasmli-ramziy’ yondashuv orqali hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Bayrambay Turimbetov tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish «Qoraqalpoq tili adabiyoti» kursida “Ona tili va adabiyot darslarida ‘Material-rasmli-ramziy’ yondashuv orqali hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars PISA xalqaro baholash dasturi asosida ona tili va adabiyot darslarining samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar matnni tushunish va […]

Pedagogik mahorat markazida Hosil bayrami

2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi tashabbusi bilan yurtimizda har yili nishonlanib kelinayotgan «Hosil bayrami» tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram yurtimizning hosildor dalalari, mirishkor dehqonlarimizning fidokorona mehnati va ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan dehqonchilik an’analarini qadrlashga xizmat qilib, jamiyatimizda mehnat va baraka timsoli sifatida keng nishonlanadi. Tadbir davomida […]

#PISA Poytaxtimizda O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturi (PISA) Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirni kirish so‘zi bilan Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova ochib berdi va O‘zbekistondagi ta’lim islohotlari, xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki va kelgusi vazifalar haqida so‘z yuritdi. Tadbirda, shuningdek Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OЕCD) rahbarining ta’lim masalalari bo’yicha maslahatchisi Andreas Shlayxer, Boshqaruv Kengashi raisi Michele Bruniges hamda PISA dasturida ishtirok etuvchi 91 ta mamlakat vakillari […]

O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi dotsenti Quatbay Turmanov tomonidan Uzluksiz kasbiy rivojlantirish «Informatika» kursida «O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars davomida zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini samarali baholashda qo‘llaniladigan vositalar, formativ va summativ baholash turlari hamda ularning amaliyotga […]

Maktab o‘quvchilari kognitiv rivojlanishining psixologik xususiyatlari

2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Alijan Arziyev tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish “Biologiya” kursida “Maktab o‘quvchilari kognitiv rivojlanishining psixologik xususiyatlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars davomida kognitiv rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari — ijro funksiyalari, abstrakt va tanqidiy fikrlash, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish kabi masalalar atroflicha yoritildi. […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!