Click to listen highlighted text!

Kun: 05.10.2024

TAYINLOV Bekmuratova Venera Djoldasbaevna Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori lavozimga tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug’i bilan Bekmuratova Venera Djoldasbaevna Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori lavozimga tayinlandi. V.Bekmuratova lavozimga tayinlangunga qadar Nukus shahridagi Prezident maktabi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

QRPMM metodik xizmat ko’rsatish metodistlari tomonidan namunali ochiq darslar tashkil etildi

 2024-yil  4-oktabr kuni yangi baholash tizimi joriy etilgan Taxiatosh tumanidagi  5-sonli umumta’lim maktabida 2023-2024-o’quv yilida   o’quvchilarning summativ baholash natijalarii tahliliga ko’ra manzilli metodik yordam ko’rsatish maqsadida   QRPMM metodik xizmat ko’rsatish metodistlari tomonidan namunali ochiq darslar tashkil etildi. Shuningdek, fan o’qituvchilari darslari tahlil qilindi. O’zlashtirilishi qiyin bo’lgan mavzular yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.

“Loyiha tushunchasi va loyiha ta’limining mazmun mohiyati” mavzusida binar dars tashkil etildi

Bugun 4-oktabr sanasida “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasining katta oqituvchisi G.Ayekeeva va M.Urazbaev tomonidan O’zbek (davlat) tili fani tinglovchilariga “Loyiha tushunchasi va loyiha ta’limining mazmun mohiyati” mavzusida binar dars tashkil etildi.                         Darsda loyiha texnologiyasi bo’yicha tinglovchilar 10-sinf O’zbek tili darsligida berilgan “Davr qahromanlari” mavzusida loyiha tayyorladilar. So’ngra guruhlarga bo’lingan tinglovchilar, o’zlari tayyorlagan loyiha ishlarini taqdimot […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!