2024-yil 19-yanvar kuni Nukus shahridagi 37-sonli maktabda Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi o’zbek tili metodistlari tomonidan metodik seminar tashkil etildi.
❇️ Seminarda yangi darsliklar bilan ishlash, o’quvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash ko’nikmalarini shakllantiruvchi samarali metodlar amaliy mashg’ulotlar orqali namoyish etildi.
❇️ Fanni o’qitishdagi muammolar va ularning yechimlari to’g’risidagi fikr-mulohazalar tinglandi va tegishli tavsiyalar berildi.