Click to listen highlighted text!

Fidoyi jurnalistlar rag‘batlantirildi.

25.06.2025 17:14:20 86 Баспаға шығарыў

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida soha vakillari ishtirokida bayram kechasi tashkil etildi. Tadbir davomida Markaz direktori V.Bekmuratova barcha jurnalistlar va axborot sohasi xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida jurnalistlar faoliyatining bugungi jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi. «Sizlarning mehnatingiz tufayli jamiyatda so‘z erkinligi, ochiqlik va oshkoralik kabi demokratik qadriyatlar mustahkamlanmoqda. Axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqni ta’minlash, aholiga haqqoniy va tezkor axborot yetkazish borasidagi fidoyiligingiz tahsinga sazovor. Bugungi kunda davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari qaror topishida sizlarning o‘rningiz beqiyos,» – dedi Markaz direktori V.Bekmuratova o‘z tabrigida. Uchrashuv yakunida markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritishda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!