Click to listen highlighted text!

📚 Pedagogik mahorat markazida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi

22.06.2026 10:45:19 155 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya fani o‘qituvchilari uchun Pedagogik mahorat markazida “Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur kurs Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi dotsenti,  P. Saliyeva hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi texnologiya fani metodisti M. Palwanova va boshlang‘ich ta’lim metodisti Sh.A. Ametova tomonidan olib borildi. Kurs maqsadi — boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitish bo‘yicha kasbiy mahorati va metodik salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida darslarni samarali tashkil etish hamda o‘quvchilarda ijodkorlik, mehnatsevarlik, amaliy ko‘nikmalar va texnologik savodxonlikni rivojlantirishdan iborat. Kurs davomida tinglovchilarga texnologiya fanining nazariy asoslari, 1–4-sinflarda fanni o‘qitish metodikasi, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, konstruksiyalash va modellashtirish, ijodiy loyihalarni ishlab chiqish hamda zamonaviy baholash vositalaridan foydalanish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi. Kurs yakunida ishtirokchilar texnologiya darslarini bugungi ta’lim talablari va o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos ravishda samarali tashkil etish, amaliy va ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompetensiyalarini yanada mustahkamladilar.

Back To Top
Click to listen highlighted text!