Click to listen highlighted text!

Sinfdan tashqari to‘garak ishlarini samarali monitoring qilish va amalga oshirish

13.04.2026 17:51:18 17 Баспаға шығарыў

#xalqaro_hamkorlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tinglovchilari uchun xalqaro ekspert Albert De La Peña tomonidan «Sinfdan tashqari to‘garak ishlarini samarali monitoring qilish va amalga oshirish» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi maktab rahbarlarini darsdan tashqari to‘garak ishlarini tashkil etish, monitoring qilish va boshqarishning zamonaviy va amaliy strategiyalari bilan tanishtirishdan iborat. Dars davomida A.I.M. (muvofiqlashtirish, joriy etish, nazorat) tuzilmasi to‘liq tushuntirib berildi. Bu yondashuv rahbarlarga ishni aniq rejalashtirish, tizimli tashkil etish va maktab standartlariga muvofiqligini ta’minlashda samarali vosita sifatida tavsiya etildi.

Amaliy topshiriqlar orqali ishtirokchilar A.I.M. modelini amaliyotda qo‘llash, xususan, maktab to‘garak ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish, ularning mazmunli ishlashini ta’minlash va samaradorligini monitoring qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!