Click to listen highlighted text!

«Kosmosga sayohat»

15.04.2026 08:35:37 16 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasida 12-aprel – insoniyat tarixidagi ulug‘ sana, Yuriy Gagarinning birinchi marta kosmosga parvoz etgan kuni munosabati bilan «Kosmosga sayohat» nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirni kafedra boshlig‘i Q.Turmanov ochib berdi va kosmosga birinchi qadam orqali inson imkoniyatlarining cheksizligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ishtirokchilar tarixiy ma’lumotlar asosida tayyorlangan qiziqarli viktorinalarda, jonli ijroda yangragan ilhomli qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlarida bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan ijro etilgan raqslar va maxsus tayyorlangan videoroliklar orqali kecha madaniy va ma’naviy jihatdan boyitildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!